Prezident Erdo‘g‘an barcha onalarni “Onalar kuni” munosabati tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an, “Onalar kuni” munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi hisobida post qoldirdi.

1986299
Prezident Erdo‘g‘an barcha onalarni “Onalar kuni” munosabati tabrikladi
erdogan.jpg
Emine erdoğan.JPG
mustafa sentop.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an onalarni tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an, “Onalar kuni” munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi hisobida post qoldirdi.

Unda Erdo‘g‘an:

“Mehr-muhabbat timsoli bo‘lgan barcha onalarimizni, ayniqsa, shahid onalarini Onalar kuni munosabati bilan tabriklayman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi. Erdo‘g‘an, hayotdan ko‘z yumgan onalarga Olloxdan rahmat tiladi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p ham Onalar kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Har bir bolani o‘z farzandidek ko‘rgan qalblarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.

Prezident Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onalarning qalblarni yoritgan chiroq, duolari bilan himoya qiluvchi, vijdonlari bilan farovon hayot baxsh etuvchi, mehr-shafqati bilan esa butun dunyoga teng insonlar ekanini qayd etdi.

Emine Erdo‘g‘an o‘z onasini rahmat bilan yodga olar ekan ayni vaqtda shahid onalari va ularning timsolida farzandiga hasrat barcha onalarni hurmat bilan yodga olishini bildirdi.



Aloqador xabarlar