Prezident Erdo’g'anning 14-may saylovlari munosabati bilan tarqatgan bayonoti

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, o'lkani 21 yil oldingiga nisbatan erkin, yanada farovon, tinchroq va iqtisodiy jihatdan kuchliroq holatga keltirganliklarini bildirdi.

1985949

Prezident Erdog'an, 14-may saylovlari munosabati bilan Twitter sahifasida, "Aziz xalqim"Yoshligidan faol siyosat bilan shug‘ullanib, el-yurt ko‘z o‘ngida bo‘lganini ta’kidladi.

40 yillik siyosiy hayotida hamisha demokratiya va milliy irodani himoya qilganini ta’kidlagan Erdog’an:“Biz barcha 85 million odamni quchoqladik (hukmronligimiz davrida), biz hech kimni chetga surmadik, birorta ham fuqaromizning turmush tarziga, aralashmadik. Biz jamiyatimizning barcha qatlamlarining huquq va erkinliklari sohalarini kengaytirdik”. dedi.

Fuqarolarning nafas olishiga imkon bermayotgan terror tashkilotlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotganliklarini ta'kidlagan Erdo'g'an. “Biz mamlakatimizni 21 yil oldingiga qaraganda erkin, farovon, tinchroq va iqtisodiy jihatdan kuchliroq mavqega olib chiqdik.

2002 yildan beri biz faqat xizmat siyosati, ish siyosati va birodarlik siyosati bilan shug'ullanamiz. Umid qilamanki, 14-maydan keyin butun Turkiya uchun muhabbat bilan ishlashni davom ettiramiz” dedi.

Tanlangan kalimalar: #Saylov , #14- May , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar