Prezident Erdo'g'an, Kirklarelidan birlik va birdamlik bayonotlari berdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Kirklarelidan birlik va birdamlik xabari berdi. Prezident Erdog’an, Qirklareli Jumhuriyat maydonida uyushtirilgan mitingda xalqqa xitob qildi

1984001
Prezident Erdo'g'an, Kirklarelidan birlik va birdamlik bayonotlari berdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Kirklarelidan birlik va birdamlik xabari berdi.

Prezident Erdog’an, Qirklareli Jumhuriyat maydonida uyushtirilgan mitingda xalqqa xitob qildi.

O'tmishda ko'plab qiyinchilik va to'siqlarni birlik va hamjihatlik bilan yengib o'tganliklarini ta'kidlagan Erdo'g'an:

“Biz birdamlik va hamjihatligimizni qat’iy himoya qilamiz. Bizni alaviy-sunniy, turk-kurd, rim deb ayirmoqchi bo‘lganlarga, hayot tarzi qo‘rquvi asosida bizni bo‘lishga urinayotganlarga ruxsat bermaymiz” dedi.

Butun 85 millionlik (aholi) mahalla  huquqi , birodarlik huquqi va fuqarolik rishtalariga zarar yetkazilishiga rozi bo'lmasliklarini ifoda etgan Erdo'g'an:

“Turk asrini sizlar bilan yelkama-yelka quramiz. Siz bilan birga buyuk va qudratli Turkiyaning eshiklarini ochamiz” dedi u.

Mamlakatni 21 yil ichida tarixidagi eng katta sarmoya bilan birlashtirganliklarini ta’kidlagan Erdog’an, 81 viloyatning har biriga ish va loyihalar bilan  go’yo kashta tikganliklarini aytdi.

Erdo'g'an, xalqning 60 yillik  xayoli milliy avtomobili Toggni yo'llarga jo'natganliklarini bildirdi.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasiga (XVJ) oxirgi qarzini 2013-yilda to’laganliklarini va bu muassasadan boshqa qarz olmaganliklarini ta’kidlagan Prezident.

"Biz boshqa mamlakatimiz iqtisodiyotini XVJ komissarlariga topshirmaymiz." dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitob , #Xalq , #Kirklareli , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar