Erdoʻgʻan: Turkiyaning milliy daromadini 21 yilda 3 barobarga oshirdik

Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda nutq soʻzladi.

1983584
Erdoʻgʻan: Turkiyaning milliy daromadini 21 yilda 3 barobarga oshirdik

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiyaning milliy daromadini 21 yil ichida 3 barobarga oshirganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan Istanbulda soʻzlagan nutqida:

“21 yil ichida yurtimizda milliy daromadni 3 barobarga oshirdik. 21 yilda 10,5 million yangi uy-joy qurib, oilalarni uyli qildik. 21 yilda 14,5 million avtomobil sotib, yurtdoshlarimizning avtomobil xarid qilib olishiga koʻmak berdik. Butun xalqimizning yashash sharoiti sifatini oshirdik”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Erdo‘g‘on oʻz soʻzini quyidagicha davom etdi:

“Turkiya 6-fevral kuni oʻz tarixidagi eng ogʻir vayronagarchiliklarga yoʻl ochgan yer silkinishiga duchor boʻldi, koʻplab yurtdoshimizdan ayrilib qoldik. Ollox rahmat qilgan boʻlsin, jarohat olganlarga shifo tilayman. Mintaqada 100 ming konteyner qurildi. Poydevori qoʻyilgan uy soni 59 mingga yetdi”.



Aloqador xabarlar