Mevlud Chavusho’g’lii,Falastin va Isroil tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Masjidul-Aqsa va Falastinliklarga qarshi uyushtirilgan hujumlar aslo qabul qilinmasligini bildirdi.

1971708
Mevlud Chavusho’g’lii,Falastin va Isroil tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Masjidul-Aqsa va Falastinliklarga qarshi uyushtirilgan hujumlar aslo qabul qilinmasligini bildirdi.

Mevlud Chavusho’g’li, Falastin Tashqi ishlar vaziri Riad Malki va Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, vazir Chavusho'g'li Malki bilan uchrashuvda, u hamkasbiga Masjidul Aqsoning muqaddasligi va mavqeini saqlab qolish Turkiya uchun har doim juda muhim ekanligini va Turkiyaning hamisha Falastinning yonida bo'lishini ta'kidladi.

Vazir Chavusho’g’li ham Turkiyaning taranglikni kamaytirish uchun qo’lidan kelganini qilishga tayyor ekanligini takrorladi.

Vazir Malki, Turkiyaning qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mevlud Chavusho’g’li so’ng Isroillik kasbdoshi Eli Koen bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda Chavusho’g’li, Isroil xavfsizlik kuchlarining Al-Aqsa masjidining muqaddasligi va maqomiga qarshi so’nggi provokatsiyalarini hamda Isroilning G’azo va Livanga havo hujumlarini qoraladi. Ramazon oyida namoz o‘qiyotgan begunoh insonlarga zo‘ravonlik qo‘llash qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Chavusho'g'li, Isroil xavfsizlik kuchlarining zo'ravonliklarini hech qanday bahona bo'lishi mumkin emasligini aytdi. Bularning takrorlanmasligi va havo hujumlari qayta boshlanmasligi kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar