Tabiiy ofat hududida qurilgan chodir va konteyner shaharchalar

Ichki ishlar vazirligi mart oyida tabiiy ofat hududida olib borilgan faoliyatlar haqida maʼlumot boʻlishdi.

1970432
Tabiiy ofat hududida qurilgan chodir va konteyner shaharchalar

Joriy yilning 6-fevrali kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan hududlarda 345 ta chodir, 305 ta konteyner shaharcha qurildi.  

Ichki ishlar vazirligi mart oyida tabiiy ofat hududida olib borilgan faoliyatlar haqida maʼlumot boʻlishdi.

Shunga ko‘ra yer silkinishidan jabr ko‘rgan 8 viloyatda 345 ta chodir shaharchada jami 656 ming 553 ta chodir o‘rnatildi. Unda yashaganlar soni esa 2 million 626 ming 212 nafarni tashkil etdi.

Roppa-rosa 305 ta konteyner shaharcha qurilgan 10 ta viloyatda esa qurilishi rejalashtirilgan 132 ming 447 ta konteynerdan 49 ming 202 tasi qurib bitkazildi Shuningdek, 17 ming 541 ta umumiy hojatxona va 8 ming 259 ta umumiy dush foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, konteynerda yashagan fuqarolar soni 78 ming 718 nafar ekani qayd etildi.

Hozirda tabiiy ofat hududida faol xizmat qilayotgan xodimlar soni esa 191 ming 498 nafar ekani qayd etildi.

Hududdan evakuatsiya qilinganlar soni 1 million 549 ming 344 nafar ekani ma’lum qilindi.

 



Aloqador xabarlar