Chavusho‘g‘lu finlandiyalik kasbdoshi Haavistoni tabrikladi

Chavusho‘g‘lu Finlandiyaning NATOga a’zolik jarayoni yakunlagani munosabati bilan kasbdoshi Haavistoni tabrikladi.

1969865
Chavusho‘g‘lu finlandiyalik kasbdoshi Haavistoni tabrikladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Finlandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavistoni mamlakatining NATOga a’zolik jarayonini yakunlagani munosabati bilan tabrikladi.

NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lgan Chavusho‘g‘lu, birinchi o‘zaro uchrashuvini finlandiyalik kasbdoshi Haavisto bilan amalga oshirdi.

Chavusho‘g‘lu mavzu haqida Twitterdagi sahifasida qoldirgan postida: “Bryusseldagi birinchi uchrashuvimizda yangi ittifoqdoshimiz Finlandiya Tashqi ishlar vaziri Haavistoni, NATOga a’zolik jarayoni yakunlangani munosabati bilan tabrikladik”,- degan ifodalarga o‘rin berdi.

Finlandiyaning a’zoligi tufayli bugun NATO qarorgohida bo‘lib o‘tadigan marosimda Finlandiya bayrog‘i qarorgoh kiraverishidagi ittifoqdosh davlatlar bayroqlari orasidan o‘z o‘rnini egallaydi. Bu orqali Finlandiya NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi o‘tkaziladigan kuni, ittifoqqa 31-a’zo sifatida qo‘shiladi va NATOning barcha harbiy hamda harbiy bo‘lmagan tuzilmalarida o‘rin oladi.



Aloqador xabarlar