Prezident Erdo‘g‘an Elazig‘ga kiritilgan sarmoyaga e’tibor qaratdi
Erdo‘g‘an kecha mamlakatning Elazig‘ viloyatidagi Elazig‘ ofat uylarining poydevorini qo‘yish va uy-joylar kalitini topshirish marosimida nutq so‘zladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,
“Yer silkinishi binolarimizni vayron qilishi mumkin, jonimizdan jon olib ketishi mumkin ammo hech narsa iymonimizni tortib ololmaydi, «Turkiya asri» qurilishi haqidagi qarorimizga to‘sqinlik qila olmaydi”. - dedi.
Erdo‘g‘an kecha mamlakatning Elazig‘ viloyatidagi Elazig‘ ofat uylarining poydevorini qo‘yish va uy-joylar kalitini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida, shaharga oxirgi 20 yilda 79 milliard liralik sarmoya kiritilganiga e’tibor qaratib, amalga oshirilgan faoliyatlarni nazarda tutgan holda:
“Shahar kasalxonamizdan bo‘lingan yo‘llarimizga, to‘g‘onlarimizdan tabiiy gazga kadar, har sohada Elazig‘ tarixida uchramagan xizmatlar bilan boshladik”.-degan idodalarga o‘rin berdi.
Prezident so‘zlari yakunida,
“Yer silkinishi binolarimizni vayron qilishi mumkin, jonimizdan jon olib ketishi mumkin ammo hech narsa iymonimizni tortib ololmaydi, «Turkiya asri» qurilishi haqidagi qarorimizga to‘sqinlik qila olmaydi”. – deya gapirdi.
Bugun esa Istanbulda Xalqaro olimpiyada qo‘mitasi rahbari Tomas Baxani qabul qilgan Prezident Erdo‘g‘an, “15-iyul Demokratiya va milliy iroda maydoni”da, Bagjilar tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.