PKKga a’zo yana 4 terrorist taslim bo‘ldi
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.
1968454

Iroq shimolidagi boshpana lagerlaridan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist Haburdagi chegara postiga taslim bo‘ldi.
Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:
“Iroq shimolidagi boshpana lageridan qochgan PKKga a’zo yana 4 terrorist, Haburdagi chegara postimizda taslim bo‘ldi. Terroristlar uchun yagona chiqish yo‘li, Turk adolatiga taslim bo‘lishdir”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.