Erdo’g’an "Xalqaro chiqindilarsiz kun" munosabati bilan tabrik yo'lladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “30-mart Xalqaro nol chiqindiga qarshi kurash kuni”ni nishonladi.

1967861
Erdo’g’an "Xalqaro chiqindilarsiz kun" munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “30-mart Xalqaro nol chiqindiga qarshi kurash kuni”ni nishonladi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday dedi:

"Say-harakatlarimiz natijasida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan 30-mart Xalqaro nol chiqindi kuni bilan tabriklayman. Aziz turmush o'rtog'im Emine Erdo'g'an rahbarlik qilgan va dunyoga brendi holiga aylangan "Nol chiqindi harakati" bugungi kunda o'z yo'lida qat'iyat bilan davom etadi." Deya ifoda etdi.

Prezident Erdog’an, 2017-yilda boshlangan va butun dunyoga yoyilgan “Nol chiqindi harakati” haqidagi ma’lumotlarni ham o’rtoqlashdi.

Shunga ko‘ra, harakat boshlanganidan buyon 19 million kishiga chiqindisiz ta’limi berildi, 572 million kub metr suv tejaldi, 180 ming tonna dengiz axlati yig‘ildi.

Polietilen paketlardan foydalanish 62,5 foizga qisqartirilgan bo‘lsa, 31 ming 500 tonna issiqxona gazlari chiqindilarining oldi olindi, 164 ming bino va kampuslar “Chiqindilarni nol boshqarish” tizimiga o‘tkazildi.

“Nol chiqindi harakati” bilan 62,2 milliard liralik iqtisodiy daromadga erishildi.

2002 yilda 1 foiz bo'lgan tiklanish darajasi 2022 yilda 27 foizga ko'tarildi.

2023 yilga kelib tiklanishni 35 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar