Iroq shimolidan qochgan terroristlar Turkiyaga taslim bo'ldi
Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
1967734

Iroq shimolidagi boshpanalaridan qochgan bo’lginchi terror tashkiloti PKKdan ikki nafar terrorist Haburdagi chegara postida chegarachilarga taslim bo’ldi.
Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.
Bayonotda, Turk Qurolli Kuchlarining samarali va qat’iy amaliyotlari va terror tashkiloti PKKni yo'q qilish operatsiyasi davom etayotgani ta’kidlandi.
"Iroq shimolidagi terror lagerlaridan qochgan ikki terrorist, Haburdagi chegara postimizga taslim bo'ldi. Qayerda bo'lishidan qat'i nazar, turk askarining panjasi terroristlarning orqasida bo'lishda davom etadi",-deyiladi bayonotda.