Vengriya prezidenti Katalin Novak zilzila zonasiga tashrif buyurdi

Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyada zilziladan jabrlangan Adana viloyatiga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

1967721
Vengriya prezidenti Katalin Novak zilzila zonasiga tashrif buyurdi

 

Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyada zilziladan jabrlangan Adana viloyatiga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

Novak Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafo Shentop bilan poytaxt Anqarada bo'lib o'tgan uchrashuvlardan so'ng, delegatsiyalararo muzokaralarda ishtirok etdi.

Muzokaralardan so'ng, Esenbo’g’a xalqaro aeroportidan xususiy samolyot bilan zilzila zonasiga jo'nab ketdi.

Vengriya prezidentiga Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Derya Yanik hamrohlik qildi.

Prezident Novak Adanadagi Incirlik havo harbiy bazasida Adana gubernatori Sulaymon Elban tomonidan kutib olindi. Novak vertolyot vositasida zilziladan jabrlangan Adanadagi vaziyat bilan tanishdi.

Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyaga tashrifi doirasida kecha Prezidentlik majmuasida Prezident Rajap Tayyip Erdog'an bilan uchrashgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Vengriya , #Katalin Novak

Aloqador xabarlar