Vengriya Prezidenti Katalin Novak Turkiyada

Vengriya Prezidenti Katalin Novak amaliy tashrif bilan Turkiyada.

1967090
Vengriya Prezidenti Katalin Novak Turkiyada

Vengriya Prezidenti Katalin Novak Turkiyada.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga kelgan Novak, hamrohligidagi hay’ati bilan Anitqabrdagi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk maqbarasiga gulchambar qo‘yib, bir daqiqalik sukut saqladi.

Anitqabr maxsus daftarini imzolagan Novak, Anitqabr ziyoratidan keyin Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan Prezidentlik kulliyasida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Novak kutib olish marosimidan so‘ng o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

Unda, Turkiya-Vengriya munosabatlari turli jihatdan ko‘rib chiqilib, hamkorlikni yaxshilash uchun tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlardan tashqari Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari bilan kun tartibidagi mintaqaviy va xalqaro muammolar ustidan fikr almashilishi ko‘zda tutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar