Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyaga tashrif buyurdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’anning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga kelgan Novak Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo’ydi va hurmat ma'nosida sukut saqladi.

1967014
Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyaga tashrif buyurdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’anning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga kelgan Novak Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo’ydi va hurmat ma'nosida sukut saqladi.

Oliy martabali mehmon Anitkabir maxsus xotira kitobiga o'z dil izhorini yozib, imzo chekdi.

“Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk xotirasi oldida samimiy taassuf va chuqur hurmatimni bildiraman. Otaturkning davlat qurilishi faoliyati butun venger va turk xalqlari uchun ibratdir. Agar uning Vengriya-Turkiya munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlari bo'lmaganida, bugungi kunda xalqlarimiz o'rtasidagi qardoshlik va ittifoqchilik rishtalari bu qadar mustahkam bo'lmas edi",-deb yozdi Vengriya prezidenti Katalin Novak.

"Vengriya va Turkiya Respublikasi o'rtasida birinchi xalqaro shartnoma imzolanganining 100 yilligiga yaqinlashar ekanmiz, menimcha, oldimizda birinchi asrdagi kabi kamida 100 muvaffaqiyatli yil bor",-deydi u.

Bugun Oliy martabali mehmon sharafiga Prezident saroyida Rajap Tayyip Erdog'an tomonidan rasmiy kutib olish marosimi o'tkaziladi.

Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashish ko'zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Vengriya , #Katalin Novak

Aloqador xabarlar