Vengriya prezidenti Katalin Novak Turkiyaga tashrif buyurmoqda
Anqarada bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.
1966530

Vengriya prezidenti Katalin Novak Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Anqarada bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashiladi.