Turkiya prezidenti saylovi uchun 4 nomzod kurashadi

Turkiyada joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzodlarning muvaqqat ro‘yxati Rasmiy gazetada e’lon qilindi.

1966992
Turkiya prezidenti saylovi uchun 4 nomzod kurashadi

 

Turkiyada joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzodlarning muvaqqat ro‘yxati Rasmiy gazetada e’lon qilindi. 

Qayd etilishicha, saylovda ovoz beruvchilar tomonidan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni xohlovchilar uchun imzo to‘plash jarayoni yakunlandi. Oliy saylov komissiyasi talabiga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlar 100 ming imzo to‘plashi kerak. Komissiya 11 nomzod tomonidan to‘plangan imzolar soni bilan bog‘liq so‘nggi raqamlarni ochiqladi. Natijalarga ko‘ra, 11 kishidan 4 nafari 100 minglik dovondan o‘ta olgan. 

Xo‘sh,  prezidentlikka nomzodlar kimlar? 

Kemal Kilichdaro‘g‘li

“Jumhuriyat xalq”, “Saodat”, “Da’vo”, “Demokrat”, “Kelajak” va “Yaxshilik” partiyalaridan iborat Millat Ittifoqidan prezidentlikka nomzod Kemal Kilichdaro‘g‘li, mustahkamlangan parlament tizimiga o‘tishni va’da qilgan va Millat ittifoqi soyaboni ostida birlashgan.

Muharram Inje

“Vatan” partiyasi rahbari Muharram Inje, imzolash jarayoni boshlanganining 4-kunida 100 ming imzo to‘pladi va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun belgilangan chegaradan o‘tdi.

Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 

Mamlakatning amaldagi Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi, “Millatchilik harakati” partiyasi, “Buyuk birlik” partiyasi va “Qayta farovonlik” partiyasidan tashkil topgan Xalq ittifoqidan prezidentlikka nomzod bo‘ldi.

Sinan Og‘an

Sinan Og‘an “Ajdodlar” Alyansidan prezidentlikka nomzod. Ittifoq “G‘alaba”, “Adolat”,  “To‘g‘ri”, “Turkiya ittifoqi” va “Mening yurtim” partiyasidan iborat.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #saylov , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar