Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Mustafo Shento’p, Fransiya Senatiga munosabat bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPG a’zolariga Fransiya Senatining mezbonlik qilishi va terroristlarga medallar topshirilishiga munosabat bildirdi.

1966015

Mustafo Shento’p, ijtimoiy media hisobi orqali e'lon qilgan xabarida Turkiyaning milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan bo'lginchi terror tashkilotining Fransiya Senatida mezbonlik qilishi juda jiddiy bo'lsa ham ajablanarli emasligini ta'kidladi.

Fransiyaning terror tashkilotlari, ayniqsa DEASh bilan ochiq yoki yashirin aloqalarga guvoh bo'lganini eslatgan Shento’p, shunday dedi:

“Parlament raisi  sifatida shuni aytishim kerakki, terroristik tashkilot aʼzolarini qabul qilgan mamlakat parlamenti bu institutning obroʻsini zaiflashtiradi. Parlament qo’li orqali terror tashkiloti PKKning Suriyadagi kengaytmalariga ochiqdan-ochiq yon bosganliklarini butun dunyoga ko’rsatgan Fransiyaning qonun, insoniylik va zamonaviy va ishonchli davlat bo’lish talablari asosida harakat qilishini kutamiz” dedi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o’rinbosari va partiya voizi O’mer Chelik ham ijtimoiy media hisobi orqali terror tashkiloti PKK/YPG a’zolarining Fransiya Senatida mezbonlik qilishining Fransiya uchun sharmandali ekanini ta’kidladi.

"Bu ham Turkiya-Fransiya do'stligini nishonga olgan provokatsion harakatdir. Biz bu sharmandalikni qattiq qoralaymiz" dedi.

Aloqador xabarlar