Chavusho‘g‘lu Gvineya xalqi va davlatiga minnatdorchilik bildirdi
Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Morrisanda Kouyate bilan uchrashdi.
1966070

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Gvineya Tashqi ishlar, Xalqaro hamkorlik, Afrika integratsiyasi va xorijdagi gvineyaliklar vaziri Morrisanda Kouyate bilan poytaxt Anqarada uchrashuv o‘tkazdi.
Chavusho‘g‘lu mavzu haqida Twitterdagi sahifasi orqali ma’lumot bo‘lishdi. Unda, 6-fevral kuni o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan Gvineya xalqi va davlatining birdamligini ko‘rsatish maqsadida Turkiyaga tashrif uyushtirgan kasbdoshi Kouyatega minnatdorchilik bildirdi.