Turkiya Daniyani keskin qoraladi

Turkiya, Daniyada Qur’on-i Karim va Turk bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi.

1965154
Turkiya Daniyani keskin qoraladi
MSB.jpg
fuat oktay.jpg
mustafa sentop.jpg

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p, bir kun avval Daniyada Qur’on-i Karim va Turk bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi.

Shento‘p, Twitter hisobi orqali Daniyada Qur’on-i Karim va Turk bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq bayonot berdi.

Unda Shento‘p hujumni qoralab, “Daniyadagi elchixonamiz oldida muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karim va ulug‘ bayrog‘imizga qarshi uyushtirilgan hujum bilan qabul qilinishi imkonsiz mazkur harakatlarga ruxsat berilishini keskin qoralaymiz. Islomning eng asosiy qadriyatlari bilan musulmonlarga hujum qilish orqali urush ochganlarga nisbatan huquqiy jarayon boshlatilishi uchun eng avvalo Daniya hukumati, keyin esa xalqaro sud tizimlarini o‘z vazifalarini bajarishga chaqiraman”.-dedi.

Vitse-prezident Fuat O‘ktay ham ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Daniyada Qur’on-i Karim va Turk bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumni lanatlab, bu harakatlarga ruxsat bergan Daniya hukumatini qoraladi.

Milliy Mudofaa vazirligining (MMV) ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda esa:

“Daniyada muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karim va ulug‘ bayrog‘imizni nishonga olgan vahshiy va jirkanch hujumni xalqimiz va insoniyat uchun qoralaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Qur’on-i Karim , #Turk bayrog‘i , #Daniya

Aloqador xabarlar