Ibrahim Kalin Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini baholadi
Ibrahim Kalin, xususiy telekanallardan birida kun tartibiga oid savollarga javob berdi.

Turkiya Prezidenti Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini baholadi. Qayd etilishicha ushbu jarayonning qanday ilgarilashi Shvetsiya tashlagan qadamlarga bog‘liq.
Ibrahim Kalin, xususiy telekanallardan birida kun tartibiga oid savollarga javob berdi.
Kalin NATO tarkibiga kirish jarayonida Finlandiya uchun nega alohida shart qo‘yilgani haqidagi savolga javob berar ekan, mazkur davlatning boshidan beri o‘yinni 1+0 oldinda boshlaganini ifoda etdi.
Kalinning qayd etishicha, NATO tarkibiga kirish jarayonidagi Finlandiya Turkiyaning terror tashkilotlariga qarshi kurash va mudofaa sanoati mahsulotlariga cheklov joriy etish kabi masalalarda konstruktiv munosabatda bo‘lgan.
Kalin shu bois ham Finlandiyaning NATO a’zoligiga ijobiy qaraganliklarini ta’kidladi.
Shvetsiyada o‘tgan yili konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani va uning yanvar oyidan boshlab kuchga kirgani, shu doirada qalamga olingan yangi terrorga qarshi qonunning ham 1-iyunda kuchga kirishini bildirgan Kalin,
“Ular buni taxminan 2 oy ichida yakunlagach, bizning xavfsizlik muammolarimizni hal qilish borasida yanada qat’iy, aniq va samarali qadamlar tashlash imkoni tug‘iladi”.-dedi.
Kalin, Shvetsiyaga terror tashkilotlariga qarshi qonuniy va ma’muriy ma’noda tashlanish imkoni bo‘lgan qadamlarni jadal ravishda amalga oshirib, bulardan qutiling deganliklarini yodga solgan holda:
“Ana shunday keyin biz ham bu birlik va hamjihatlikni NATO ittifoqi doirasida aniq o‘rtaga qo‘yaylik. Biz NATOning kengayish siyosatiga doimo ijobiy qaraganmiz”-deya gapirdi.
Kalin Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini Shvetsiya tashlagan qadamlarga bog‘liq ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.