Sedat O’nal:"Turkiya Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi"
Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)dagi doimiy vakili Sedat O’nal, Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligiga sodiqligini davom ettiradi.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Sedat O’nal, Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligiga sodiqligini davom ettirgan Turkiya, PKK/YPG va DEASh kabi terror tashkilotlarining bo’lginchi kun tartibini buzish borasidagi qat’iyatini davom ettirishini aytdi.
O'nal, BMT Xavfsizlik Kengashida bo'lib o'tgan Suriya mavzuli sessiyada so'zladi.
Suriyadagi to'qnashuvning 13-yiliga kirganini ta'kidlagan O'nal, Suriya xalqi urush va ko'chirilish natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikdan azob chekishda davom etishini aytdi.
6 fevral kuni sodir bo'lgan zilzilalardan oldin Suriyadagi gumanitar vaziyatning juda yomon bo'lganiga e'tibor qaratgan O'nal, "Zilzilalar onsiz ham zaif bo'lgan vaziyatni yanada yomonlashtirdi va insonparvarlik ehtiyojlarini kritik holga keltirdi. Bu holat BMTning chegara osha yordamlarini davom ettirishni yanada muhim qildi" dedi u.
Suriyada davom etayotgan inqirozga befarq qolib bo'lmasligini ta'kidlagan O'nal, siyosiy jarayonni jonlantirish kerakligini ta'kidladi.
Boshpana izlovchilarning xavfsiz, ixtiyoriy va munosib ortga qaytishi uchun mos shart-sharoitlar yaratilishi inqirozga doimiy yechim topish harakatlarining bir qismi bo'lishi kerakligini ta'kidlagan O'nal, "Bu butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas'uliyati" dedi.
Elchi O’nal, “Turkiya Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligiga sodiqligini davom ettirar ekan, PKK/YPG va DEASh kabi terror tashkilotlarining bo’lginchi kun tartibiga barham berishda qarorli bo’ladi” deya ta'kidladi.