Erdo'g’an zilzila zonasida vatandoshlar bilan iftorlik qildi

Erdo'g’an bu yilgi Ramazon oyi zilzila talofatlari bilan kutib olinayotganini ta’kidlab, zilzilalarda hayotdan ko’z yumgan vatandoshlarga Allohdan rahmat, yaqinlariga sabr toqat tiladi.

1964351
Erdo'g’an zilzila zonasida vatandoshlar bilan iftorlik qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an zilzilalarning markazi bo’lgan Kahramanmarashning Karajasu hududida konteynerlarga joylashtirilgan shahid oilalari va zilzila qurbonlari yaqinlari bilan iftorlik qildi.

Erdo'g’an bu yilgi Ramazon oyi zilzila talofatlari bilan kutib olinayotganini ta’kidlab, zilzilalarda hayotdan ko’z yumgan vatandoshlarga Allohdan rahmat, yaqinlariga sabr toqat tiladi.

14 million fuqaroning hayotini ostin-ustun qilgan falokatga hech kimning befarq bo'lmasligini ta'kidlagan Prezident Erdo'g'an: "Zilzila jabrdiydalariga yolg‘iz emasliklarini his qildirish ular oldidagi mas’uliyatimiz va qardoshlik burchimizdir" dedi. 

Erdo'g'an, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashga ham to'xtaldi.

"Oxirgi terrorist mamlakatimiz va millatimiz uchun xavf tug'dirmaguncha, bizning chegaralarimiz ichida va tashqarisida operatsiyalarimiz davom etadi. Biz nafaqat terrorizmni yengamiz. Balki biz bu ularlarni qo'llab-quvvatlaganlarning iflos rejalarini ham buzamiz",-dedi Turkiya prezidenti.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar