Erdo‘g‘an:"Rossiya-Ukraina urushida vositachi bo'lgan yagona davlat Turkiya"

Kecha, 22 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an xususiy televideniyelarning mushtarak jonli efirida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1963887
Erdo‘g‘an:"Rossiya-Ukraina urushida vositachi bo'lgan yagona davlat Turkiya"

 

Kecha, 22 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an xususiy televideniyelarning mushtarak jonli efirida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdo’g’an savollarga javob berar ekan, Turkiyaning Qoradengiz don yo'lagidagi muvaffaqiyati hammaning og’zida ekanligini aytdi.

Prezident shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin kunlarda Rossiya donidan Afrikaga un yetkazib berish masalasini muhokama qilish istagida ekanligini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyaning diplomatiyadagi eng katta muvaffaqiyatlaridan biri Rossiya-Ukraina urushidagi vositachilik ro'li. 

Rossiya-Ukraina urushida vositachi sifatida tilga olingan yagona davlat Turkiya ekanini tilga olgan Erdo’g’an, Turkiyaning Qoradengiz don yo’lagidagi muvaffaqiyati barchaning og'zida ekanligini ta’kidladi. 

“Allaqachon Janob Putin Rossiya doni Afrika mamlakatlariga emas, balki Yevropaga yetkazib berilishini ta’kidlagan. Endi esa Putin “Keling, donni rivojlanmagan Afrika mamlakatlariga yuboraylik”, dedi. Men unga javoban “Siz don yuborasiz, biz undan un tayyorlaymiz va rivojlanmagan mamlakatlarga yuboramiz”, dedim.  Bizda shunday kelishuv mavjud. 2-3 kundan keyin biz muzokaralar olib boramiz, buni muhokama qilamiz”, deya ta’kidladi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiyadan o‘g‘itlarni jahon bozorlariga yetkazish uchun yordam berishga tayyor.

“Dunyoda o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoj bor. Biz ularni Rossiyadan muhtoj mamlakatlarga yuborishga harakat qilamiz”, deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar