Chavusho’g’li Shri Lanka, Zambiya, Urugvay va Hindiston elchilarini qabul qildi

Chavusho’g’li diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

1963413
Chavusho’g’li Shri Lanka, Zambiya, Urugvay va Hindiston elchilarini qabul qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiyada o’z vazifasini bajarishga kirishgan Shri Lanka, Zambiya, Urugvay va Hindistonning yangi elchilarini qabul qildi.

Qabul marosimi poytaxt Anqaradagi Tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo’lib o’tdi.

Chavusho’g’li qabul chog’ida Turkiyaga yangi tayinlangan Shri Lankaning favqulodda va muhtor elchisi Saranya Hasanthi Urugodawatte Dissanayake, Zambiya elchisi William Maipambe Sikazwe, Urugvay elchisi Hugo Cayrus va Hindiston elchisi Virander Paulni o’ta mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Chavusho’g’li diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, yangi elchilar bilan qisqacha suhbatlar o‘tkazdi.

“Mamlakatimizda oʻz faoliyatini boshlagan Shri Lanka, Zambiya, Urugvay va Hindiston elchilariga muvaffaqiyatlar tilayman”,-deb yozdi Chavusho’g’li ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g'li , #Turkiya

Aloqador xabarlar