Mavlud Chavusho’g’li Xalqaro donorlar konferensiyasida ishtirok etdi

Chavusho’g’li konferensiyaga raislik qilgan Yevropa Ittifoqi komissiyasi va Shvetsiyaga hamda konferensiyani qo’llab-quvvatlagan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirdi.

1962540
Mavlud Chavusho’g’li Xalqaro donorlar konferensiyasida ishtirok etdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Bryusselda bo‘lib o‘tgan Xalqaro donorlar konferensiyasida ishtirok etdi.

Mavlud Chavushog’li Xalqaro donorlar konferensiyasidan keyin o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida ma’ruza qildi.

Uning ta’kidlashicha, Xalqaro Donorlar Konferensiyasida qabul qilingan majburiyatlar Turkiyada zilziladan jabrlangan hududlarni qayta tiklash harakatlariga katta hissa qo’shadi.

Chavusho’g’li konferensiyaga raislik qilgan Yevropa Ittifoqi komissiyasi va Shvetsiyaga hamda konferensiyani qo’llab-quvvatlagan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirib, “Konferensiyaga 65 davlat, 26 nafar xalqaro tashkilot va moliya institutlari qatnashdi”, dedi.

"Konferentsiyada mamlakatimiz uchun shu paytgacha qabul qilinganlar bundan mustasno 6 milliarddan ortiq majburiyat olindi. Turkiya har doim dunyoda qiyin vaziyatda boʻlgan mamlakatlar va odamlarga qayerda boʻlmasin yordam bergan birinchi davlatlardan biri boʻlgan. Biz Hozir Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamjamiyat tomonidan bir xil birdamlik va sezgirlikni ko'rishdan mamnunmiz”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

Oldinda uzoq va mashaqqatli jarayon turganini, ammo barcha vositalarni safarbar etib, uni qat’iyat bilan yengib o‘tishlarini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri, "Vafot etganlarni albatta, qaytarib bo’lmaydi. Ammo, biz vayron bo'lgan binolarni mustahkam qilib qayta qurish uchun harakat qilamiz. Bugun qabul qilingan majburiyatlar tiklanish va qayta qurish harakatlariga muhim hissa qo'shadi degan umiddaman”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar