Turkiyada zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi
Bu haqda Tabiiy ofatlar va Favqulodda Vaziyatlarni Boshqarish Boshqaruvi (AFAD) rahbari Yunus Sezer 11 viloyatni qamrab olgan vayronkor zilzilalarning oxirgi holatini ma’lum qildi.

Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 50 ming 96 kishiga yetdi.
Bu haqda Tabiiy ofatlar va Favqulodda Vaziyatlarni Boshqarish Boshqaruvi (AFAD) rahbari Yunus Sezer 11 viloyatni qamrab olgan vayronkor zilzilalarning oxirgi holatini ma’lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, zilzilalarda hayotdan ko'z yumganlar soni 50 ming 96, yaralanganlar soni esa 107 ming 204 nafarni tashkil qilmoqda.
Rasmiylarning ta'kidlashicha, 6-fevraldan beri zilzila zonasida 10 mingga yaqin yer qimirlash hodisasi yuz bergan. Hududda 8182 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi hamon ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.
Aloqador xabarlar

Erdo'g‘an Hafize Gaye Erkanni Turkiya Markaziy bankining yangi rahbari etib tayinladi
Bu haqdagi prezident Farmoni bugun rasmiy gazetada e’lon qilindi.