Mavlud Chavusho’g’li, Misr bilan diplomatik aloqalar eng yuqori darajaga ko’tariladi dedi

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Misr bilan diplomatik aloqalar eng qisqa vaqt ichida yuqori darajaga ko’tarilishini aytdi.

1961632
Mavlud Chavusho’g’li, Misr bilan diplomatik aloqalar  eng yuqori darajaga ko’tariladi dedi
cavusoglu-sukri1.jpg
cavusoglu-sukri.jpg

 

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Misr bilan diplomatik aloqalar eng qisqa vaqt ichida yuqori darajaga ko’tarilishini aytdi.

Vazir Chavusho’g’li 11 yildan so’ng Turkiyadan Misrga tashrif buyurgan birinchi tashqi ishlar vaziri bo’ldi.

Chavusho’g’li uchrashuvlari doirasida kasbdoshi Shukri bilan uchrashdi.

Yakkama-yakka va delegatsiyalar oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng ikki vazir qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazdi.

Mavlud Chavusho’g’li Turkiya va Misr o’rtasida tarixiy aloqalar borligini, mintaqa barqarorligi uchun ikki tomonlama munosabatlarning ahamiyatini hamma bilishini aytdi.

"Mintaqamizning omon qolishi uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak. Keyingi jarayonlarda fikrlarimiz turlicha bo'lishi mumkin, ammo aloqalarimizni uzmaslik uchun o'z hissamizni qo'shamiz". Chavusho’g’li bugun bo’lib o’tgan uchrashuvlarda Misr bilan ko’p mavzuda fikr farqi yo’qligini ko’rganliklarini qayd etdi.

Chavusho’g’li, tomonlarning energiya, savdo, transport va diplomatiya kabi sohalarda aloqalarni mustahkamlashga iroda ko’rsatganliklarini bildirdi.

“Kelajakda diplomatik aloqalarni maksimal darajada oshiramiz”, - dedi u.

Chavusho’g’li, siyosiy mavzularda ham o’zaro, ham mintaqaviy masalalarda maslahatlashuvlarni jonlantirishni istashlarini ta’kidladi.

Samih Shukri, "Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi ikki davlat manfaatiga mos. Misrdagi Turk sarmoyalarini rivojlantirish va uning oldidagi to'siqlarni yengish uchun harakat qilamiz" dedi. iboralarni ishlatgan.

6 fevral kuni Kahramanmaroshdagi zilziladan keyin vazir Shukri 27 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurib, birdamlik va hamdardlik bildirdi va vazir Chavusho’g’li bilan uchrashdi.

Misr ham zilzila qurbonlari uchun Turkiyaga gumanitar yordam yubordi.

 


Tanlangan kalimalar: #Aloqalar , #Misr , #Mevlut Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar