Prezident Erdog’an Anqarada finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo bilan uchrashdi
Prezident Erdog’an Finlyandiya Prezidenti Niinistyoni Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, yetakchi diplomatiyasini bugun ham davom ettirmoqda.
Erdog’an Anqarada finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo bilan uchrashdi.
Prezident Erdog’an Finlyandiya Prezidenti Niinistyoni Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.
Rasmiy marosimdan so‘ng yetakchilar yakkama-yakka uchrashuvga o‘tdi.
Yig‘ilishda Finlyandiyaning NATOga a’zolik arizasi muhokama qilinmoqda,
2022-yil iyun oyida Madridda imzolangan uchlik memorandum doirasidagi so‘nggi vaziyat baholanmoqda.
Finlyandiya memorandumda qabul qilingan masalalarga rioya qiladimi yoki yo'qmi, ko'rib chiqiladi.
Erdog'an-Niinistyo uchrashuvida Turkiya-Finlyandiya munosabatlari ham muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro voqealar muhokama qilinadi.
Ikki davlat rahbarlari uchrashuvdan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazadi.
Aloqador xabarlar

Iroq shimolidan qochgan terroristlar Turkiyaga taslim bo'ldi
Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.