Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Oliy mukofotni rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fuat O'ktayga o'z qo'llari bilan topshirdi.

1960766
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Oliy mukofotni rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fuat O'ktayga o'z qo'llari bilan topshirdi.

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti oldidan Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Mirziyoyevning Prezident saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida vitse-prezident Fuat O'ktayga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

Shuningdek, O'ktayni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Mirziyoyev imzosi bo‘lgan farmon o‘qib eshittirildi.

"Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi siyosiy, diplomatik, savdo, iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim, fan va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashdagi samarali faoliyati uchun, qolaversa, xalqlarimiz oʻrtasidagi uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishdagi beqiyos hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlansin!"
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

So'ngra, Mirziyoyev Fuat O'ktayga Prezident Erdo‘g‘an va delegatsiya a’zolarining olqishlari ostida O‘zbekiston “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, "O‘zbekiston “Do‘stlik” ordenini olish men uchun sharaf",-dedi.

 



Aloqador xabarlar