Mevlud Chavusho’g’li ko’plab Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Chavusho'g'li kecha Turkmanistonlik kasbdoshi Meredov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

1958107
Mevlud Chavusho’g’li ko’plab Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan alohida telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Chavusho'g'li kecha Turkmanistonlik kasbdoshi Meredov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Uchrashuvda 16-mart kuni boʻlib oʻtadigan Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) sammitiga tayyorgarlik koʻrildi.

Vazir Chavusho’g’li Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Chavusho’g’li, Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Haavisto va NATO Bosh kotibi Stoltenberg bilan bo’lgan uchrashuvida NATOning kengayishi masalalari muhokama qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar