Mevlud Chavusho’g’li, Yevropa Ittifoqi missiya rahbarlari bilan poytaxt Anqarada uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, 6-fevral kuni Kahramanmarashda sodir bo’lgan zilziladan keyin ko’rsatilgan kuchli xalqaro birdamlik Turkiyaga madad, ruh va quvvat berganini aytdi.

1957368
Mevlud Chavusho’g’li, Yevropa Ittifoqi missiya rahbarlari bilan poytaxt Anqarada uchrashdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, 6-fevral kuni Kahramanmarashda sodir bo’lgan zilziladan keyin ko’rsatilgan kuchli xalqaro birdamlik Turkiyaga madad, ruh va quvvat berganini aytdi.

Chavusho’g’li, Yevropa Ittifoqi (YI) Turkiya delegatsiyasi rahbari, elchi Nikolaus Meyer-Landrut va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning missiya rahbarlari bilan poytaxt Anqarada tushlikda uchrashdi.

Ushbu ofat jarayonida kuchli xalqaro birdamlikni ko'rganliklarini ta'kidlagan Chavusho'g'li,

“Bu qo‘llab-quvvatlash bizga ruh va kuch bag‘ishlaydi. Eng rivojlanganidan tortib, eng past rivojlanganigacha barcha mamlakatlar, butun insoniyat biz bilan. Albatta, bu faqat zilzila kattaligi bilan bog’liq emas, Turkiya va turk millatiga bo’lgan ishonch bilan ham bog’liq” dedi. dedi.

Yevropa Ittifoqiga (YI) a'zo davlatlar, nomzod davlatlar va muassasalarning bu qo'llab-quvvatlashda katta hissasi borligini ifoda etgan Chavusho'g'li,

– Zilzila bizga nafaqat qo‘shnichilik, do‘stlik va ittifoqchilik, balki insoniy rishtalarimizni yana bir bor eslatdi. Umid qilamanki, bu ruh kelgusi davrda Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining barcha jihatlarida o'z aksini topadi. Mintaqaviy va xalqaro o‘zgarishlar hamkorligimiz global miqyosda naqadar muhim ekanini ko‘rsatmoqda”. dedi u.

Tashqi ishlar vaziri,

“Fursatdan foydalanib, Yevropa Ittifoqiga aʼzo va nomzod davlatlar va YI institutlariga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman”. Deya ifoda etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar