Chavushoʻgʻlu G-20 Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi
Mevlut Chavushoʻgʻlu, G-20 Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun hozirda Hindistonda. Ushbu tashrifi doirasida poytaxt Yangi Dehlidagi ilk uchrashuvini kasbdoshi Jaishankar bilan oʻtkazdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.
Mevlut Chavushoʻgʻlu, G-20 Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun hozirda Hindistonda. Ushbu tashrifi doirasida poytaxt Yangi Dehlidagi ilk uchrashuvini kasbdoshi Jaishankar bilan oʻtkazdi.
Mavzu haqida Twitter sahifasida:
“G-20 Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi uchun Yangi Dehlidamiz. Ilk uchrashuvimizni hindistonlik hamkasbim bilan oʻtkazdik. Doʻst amaliyoti nomi ostida mamlakatimizga bergan yordam va qoʻllab-quvvatlashlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdik”. - dedi.
Chavushoʻgʻlu, G-20 Hindiston davriy raisligi doirasida 1-2 mart kunlari Yangi Dehlida boʻlib oʻtadigan G-20 Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etadi.
Yigʻilishda xususan, insonparvarlik yordami va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash, koʻp tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlanish sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.
Aloqador xabarlar

PKK/YPGga a'zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.