Turkiya Milliy razvedka tashkiloti chegarada operatsiya o'tkazdi

So’resh laqabli Ramazaon Gunesh 2011-2017 yillar orasida PKK/KCK tomonidan Hakkari/Chukurjada amalga oshirilgan 12 ta harakatda shaxsan ishtirok etgan.

1952591
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti chegarada operatsiya o'tkazdi

 

Milliy razvedka tashkiloti (MIT) chegaradan o'tgan yana bir muvaffaqiyatli nuqta operatsiyasini o'tkazdi.

60 nafar qo'riqchi shahid bo'lgan harakatlarda faol rol o'ynagan bo'lginchi terror tashkiloti PKK/KCK a'zosi terrorist Ramazon Gunesh, Iroqning Sulaymoniya shahrida qo'lga olinib, Turkiyaga olib kelindi.

So’resh laqabli Ramazaon Gunesh 2011-2017 yillar orasida PKK/KCK tomonidan Hakkari/Chukurjada amalga oshirilgan 12 ta harakatda shaxsan ishtirok etgan.

Terrorchi 57 askar, 1 politsiyachi va 2 qishloq qo'riqchisi  ichida  bo'lgan 60 qo'riqchining shahid bo'lishida faol rol o'ynadi.

MIT tomonidan nishon ro'yxatiga kiritilgan Ramazan Gunesh  bo'lginchi terror tashkiloti xavfsiz hudud deb hisoblagan Sulaymoniya shahrida yashiringanligi aniqlandi.

Taxminan 1 yillik kuzatuvdan so'ng operatsiya boshlandi.

Terrorchi Gunesh  MITning yashirish va niqoblash bo'yicha mutaxassis dala agentlari tomonidan uyushtirilgan  bosqinda  qo'lga olindi va Turkiyaga olib kelindi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar