“Bayraktar Akinji” birinchi marta xorijdagi mudofaa yarmarkasida namoyish etildi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabi shahrida bir vaqtning o‘zida IDEX Xalqaro mudofaa yarmarkasi va konferensiyasi bilan NAVDEX Dengiz mudofaa va xavfsizligi tadbiri uyushtirildi.

1950672
“Bayraktar Akinji” birinchi marta xorijdagi mudofaa yarmarkasida namoyish etildi

“Bayraktar Akinji” jangovar insonsiz dron, birinchi marta xorijdagi mudofaa yarmarkasida namoyish etildi.

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabi shahrida bir vaqtning o‘zida IDEX Xalqaro mudofaa yarmarkasi va konferensiyasi bilan NAVDEX Dengiz mudofaa va xavfsizligi tadbiri uyushtirildi.

Turkiya nomidan 50 dan ortiq mudofaa sanoati firmasi ishtirokchilarni insonsiz quruqlik va havo vositalari, zirxli vosita platformalari, qurol tizimlari, elektronik tizimlar, o‘q-dorilar, simulyatorlar va logistik jihatdan qo‘llab-quvvatlash mahsulotlari bilan tanishtirdi.

Insonsiz havo vositalari ishlab chiqaruvchi Baykar ham NAVDEX Dengiz mudofaa va xavfsizligi tadbiri doirasida stend ochdi.

Baykar tomonidan ishlab chiqilgan “Bayraktar Akinji” jangovar insonsiz dron, xalqaro mudofaa sanoati tadbirida birinchi marotaba namoyish etildi.


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar Akinji , #IDEX , #NAVDEX

Aloqador xabarlar