Fahrettin Altun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi

Turkiya Respublikasi Prezidentligi huzuridagi Kommunikatsiyalar bo'yicha rahbari Fahrettin Altun mamlakatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

1944800
Fahrettin Altun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidentligi huzuridagi Kommunikatsiyalar bo'yicha rahbari Fahrettin Altun mamlakatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

"Turkiyaning janubi-sharqidagi o'nta shaharda sodir bo'lgan ikki kuchli zilzilaga javoban biz tezkor chora-tadbirlarni ko'rgan holda jadal qidiruv-qutqaruv operatsiyasini amalga oshiryabmiz. Bizning sa'y-harakatlarimiz to'liq quvvat bilan ishlashda davom etmoqda.

53 ming nafar xodim, 1000 dan ortiq tez tibbiy yordam mashinasi, 5 ming nafar tibbiyot xodimi, 54 harbiy yuk samolyoti va 10 ta harbiy kemadan iborat qidiruv-qutqaruv guruhlarimiz bu og'ir dardni yengil qilish uchun harakat qilmoqda. Do'st davlatlardan kelayotgan yordam va ko'mak ham ortib bormoqda.

Hozirgacha 70ga yaqin davlat va 14 xalqaro tashkilot yordam bermoqda. Biz xalqaro hamjamiyatning qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz.

Afsuski, hozirgacha zilzila oqibatida ko'plab fuqarolar halok bo'ldi. Bizga tasalli beradigan yagona narsa shuki, qidiruv-qutqaruv ishlari kuchaygani sari vayronalar ostida qolib ketgan yana ko'p fuqarolar qutqarilmoqda. Hozirgacha biz 8000 dan ortiq fuqaroni qutqardik.

70 mingdan ortiq jarohatlangan fuqarolar shifoxonalarimizda davolanmoqda. Zilziladan jabr ko'rgan viloyatlarga 54 ming chodir va 100 mingdan ortiq yotoq jo'natildi. Bundan tashqari, biz turizm infratuzilmasini zilzila qurbonlariga bag'ishladik, fuqarolarimizni 50 mingdan ortiq o'rinlar bilan ta'minladik.

Shuningdek, biz transport, aloqa va energetika infratuzilmasini ta'mirlash bo'yicha tezkor ish olib bormoqdamiz. Zilziladan jabr ko'rgan fuqarolarga ko'mak ko'rsatilayotgani yurt miqyosida katta shijoat bilan olib borilayotgan yordam kampaniyalari natijasida kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Biz Turkiya sifatida jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan falokatni jahon tarixida kam uchraydigan birdamlik va birlik ruhi bilan yengib o'tishga harakat qilmoqdamiz. Biz xalqaro hamjamiyatga samimiy qo'llab-quvvatlash va hamdardlik uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz", dedi Altun.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Fahrettin Altun

Aloqador xabarlar