Erdoʻgʻan yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlarda tekshiruv ishlari yuritdi

Mamlakatning Hatay viloyatiga borgan Erdoʻgʻan, qidiruv-qutqaruv ishlaridan mas’ul vazirlardan ma’lumot olgach matbuotga bayonoti berdi.

1944320
Erdoʻgʻan yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlarda tekshiruv ishlari yuritdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan 6-fevral kuni epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlarda tekshiruv ishlari yuritdi.

Mamlakatning Hatay viloyatiga borgan Erdoʻgʻan, qidiruv-qutqaruv ishlaridan mas’ul vazirlardan ma’lumot olgach matbuotga bayonoti berdi.

Erdoʻgʻan unda,

“Tariximizning eng katta yer silkinishi falokatlaridan birini boshdan kechirdik. Afsuski 10 ta viloyatimizda birin - ketin dunyoda boʻlib koʻrmagan ikkita katta yer silkinishi qayd etildi”. - dedi.

Erdoʻgʻan, Hatayning bu ofatdan eng koʻp ziyon koʻrgan va eng koʻp vayronagarchilik qayd etilgan hamda qurbonlar soni eng koʻp uchragan shaharlardan biri ekanini ta’kidladi.

Davlat va xalqning barcha imkoniyatlarini safarbar etib, ofat hududiga yoʻnaltirganliklarini bildirgan Prezident, davlat xodimlaridan tortib nodavlat notijorat tashkilotlari aʼzolarigacha, chet eldan kelgan ofat guruhlaridan oʻz ixtiyori bilan yordam bergan qariyb 60 ming kishining qidiruv – qutqaruvdan yordam faoliyatlariga qadar hormay – tolmay mehnat qilganliklarini ta’kidladi.

Yer silkinishidan keyin dunyoning 60 dan ortiq davlatidan yordam kelgani va ular nomining barchasi keyinroq birma – bir e’lon qilinishini bildirgan Erdoʻgʻan Ozarbayjon, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvaytning qoʻllab - quvvatlagani, bundan keyin ham yordam berishni davom etmoqchi ekanliklari haqida habar yetkazganliklarini oʻz soʻziga ilova etdi.

Prezident Erdoʻgʻan keyinroq Hatayning Iskenderun tumani bilan Adanada hm teksihruv ishlari yuritdi.

Erdoʻgʻan Hataydan oldin ham Kahramanmarashga borib, u yerdagi vaziyat haqida ma’lumot olgandi.



Aloqador xabarlar