Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li ta’ziyalarni qabul qilmoqda
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li shu kungacha 45 dan ortiq davlatdan ta'ziyalarni qabul qildi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ta’ziyalarni qabul qilmoqda.
Mavlud Chavusho‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib hamdardlik bildirganlar orasida Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Park Jin, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Hayashi Yoshimasa, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Hisseyn Brahim Taha, Nepal tashqi ishlar vaziri Bimala Rai Paudyal, Kot-d'Ivuar tashqi ishlar vaziri Kandia Kamara, Quvayt tashqi ishlar vaziri Salim bin Abdulloh al-Jobir as-Sabah, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok va Yevropa Ittifoqi qoʻshnichilik va kengayish boʻyicha komissiyasi aʼzosi Oliver Varxeli ham bor.
Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Alvaro Leyva Duran, Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penny Vong, Markaziy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sylvie Baipo Temon va Gambiya Tashqi ishlar vaziri Mamadou Tangara ham Chavusho’g’liga qo’ng’iroq qilib, hamdardlik bildirdi.
Eslatma: 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12 mingdan oshdi.
Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.
Aloqador xabarlar

Iroq shimolidan qochgan terroristlar Turkiyaga taslim bo'ldi
Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.