Prezident Erdo‘g‘an Kahramanmarashga jo‘nab ketmoqda

Prezident Erdo‘g‘an voqea yuz bergan joyga borib, olib borilayotgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida ko‘zdan kechiradi.

1943625
Prezident Erdo‘g‘an Kahramanmarashga jo‘nab ketmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 6 - fevral kuni yuz bergan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan voqea nuqtalarini ko‘zdan kechirish uchun mintaqaga jo‘nab ketmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an voqea yuz bergan joyga borib, olib borilayotgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida ko‘zdan kechiradi.

Erdo‘g‘anning shu doirada eng avvalo Kahramanmarash shahar markaziga, ortidan esa Pazarjik tumaniga borishi kutilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘anning keyinroq Hatayga borishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz:

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyat boshqarmasi (AFAD) 6 – fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan voqeada, bugun, Turkiya vaqti bilan soat 06.15 dan e’tiboran 6 ming 234 kishining hayotdan ko‘z yumgani va 37 ming 11 kishi tan jarohati olganini ma’lum qilgandi. 



Aloqador xabarlar