Prezident Erdo‘g‘an Kahramanmarashdagi chodir shaharchada bo‘ldi

Prezident Erdo‘g‘an voqea yuz bergan joyda olib borilayotgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida ko‘zdan kechirdi.

1943894
Prezident Erdo‘g‘an Kahramanmarashdagi chodir shaharchada bo‘ldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Kahramanmarashdagi yer silkinishi oqibatida uy – joysiz qolganlar uchun tashkil etilgan chodir shaharchada bo‘ldi.

Erdo‘g‘an 6 – fevral kuni yuz bergan va mamlakatning 10 viloyatida qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan hududga tashrif uyushtirdi.

Rasmiylardan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot olgan Erdo‘g‘an, ortidan, qurilgan chodir shaharchada voqeadan ziyon ko‘rgan aholi bilan uchrashdi.

Barcha imkoniyatlarni safarbar qilganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, voqea qayd etilgan 10 viloyatda bir yil ichida yangi uylar qurishlarini bildirdi. Erdo‘g‘an, yer silkinishidan ziyon ko‘rgan aholining istasalar Antaliya, Alaniya va Mersindagi kelishilgan mehmonxonalarda qolishlari mumkinligini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an shuningdek:

“Yurttoshlarimiz xavotir olmasinlar, biz ularni hech qachon ko‘chada qolishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”. - dedi.

Voqeadan ziyon ko‘rgan oilalarga moddiy yordam berilishini ham ma’lum qilgan Prezident Erdo‘g‘anning Hatayda ham tekshiruv ishlari yuritishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar