Egey dengizida falokatga uchragan qayiqda 4 kishi hayotdan koʻz yumdi

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Lesbos orolining sharqidagi Provoskida hududida qoyalarga urilgan.

1943352
Egey dengizida falokatga uchragan qayiqda 4 kishi hayotdan koʻz yumdi

Egey dengizida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning qoyalarga urilishi oqibatida 4 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Gretsiya davlat televideniyesi ERT xabariga koʻra, noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Lesbos orolining sharqidagi Provoskida hududida qoyalarga urilgan.

Voqea oqibatida 4 kishi hayotdan koʻz yumdi. Roppa – rosa 41 kishini tashigan qayiqdagi 16 kishi qutqarildi.

Kuchli shamol avj olgan hududda koʻpchilikning bedarak yoʻqolgani bildirildi.

 



Aloqador xabarlar