Turkiyaga 65 davlatdan qutqaruvchilar yetib keldi

Qardosh Ozarbayjon zilzila zonasi uchun xalqaro yordamni jalb qiluvchi “to'rtinchi darajali ogohlantirish” e'lon qilinganidan keyin qidiruv-qutqaruv guruhini yuborgan birinchi davlat bo'ldi.

1943941
Turkiyaga 65 davlatdan qutqaruvchilar yetib keldi

 

Turkiyada 6 fevral kuni ro'y bergan vayronkor zilziladan so’ng 65dan ortiq davlat qidiruv-qutqaruv xodimlarini Turkiyaga yubordi.

Jumladan, Ozarbayjon zilzila zonasi uchun xalqaro yordamni jalb qiluvchi “to'rtinchi darajali ogohlantirish” e'lon qilinganidan keyin qidiruv-qutqaruv guruhini yuborgan birinchi davlat bo'ldi.

Ozarbayjon hozirda qutqaruv tadbirlarida ishtirok etayotgan 400 kishilik qutqaruv guruhiga qo'shimcha ravishda Turkiyaga yana 227 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhini yubordi.

Amerika Qo'shma Shtatlaridan 161 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, Meksikadan 145 nafar qutqaruvchi falokat zonasiga yetib keldi. Salvador hukumati 100 kishilik qutqaruvchini yuborishini ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Yevropa Ittifoqi fuqarolik himoyasi mexanizmi doirasida hozirgacha 30 nafar qidiruv-qutqaruv va tibbiy guruh Turkiyaga yuborilgan.

Maʼlum qilinishicha, maxsus o’rgatilgan 79 ta qidiruv iti Yevropa Ittifoqiga aʼzo 19 davlat va Yevropaning 21 davlati, jumladan Chernogoriya va Albaniyadan kelgan 1200 nafar qidiruv-qutqaruv zobitiga hamrohlik qiladi.

Britaniya ham Turkiyaga 77 nafar qidiruv-qutqaruv mutaxassisi, eng zamonaviy jihozlar va o’rgatilgan itlarini yuborganini xabar qildi.

Gretsiya 21ta o't o'chiruvchi va Ispaniya 90 kishilik professional guruh yo'lga chiqishini e'lon qilgan bo'lsa, ba'zi Yevropa davlatlaridan yuborilgan qutqaruvchilar soni quyidagicha:

Fransiya 139, Avstriya 105, Shveytsariya 80, Malta 32, Bolgariya 59, Kosovo 30, Vengriya 101, Xorvatiya 40, Bosniya va Gertsegovina 17, Serbiya 27, Albaniya 53 nafar qutqaruvchini zilzila zonasiga yubordi.

NATOga a’zo 20 dan ortiq davlat, jumladan Shvetsiya va Finlyandiyadan 1400 dan ortiq favqulodda yordam xodimlari Turkiyaga yetib keldi.

Rossiyadan 147 nafar, Moldovadan 55 nafar, Polshadan 76 nafar, Chexiyadan 68 nafar, Gruziyadan 60 nafar, Quvaytdan 45 nafar va Tunisdan 41 nafar qutqaruvchi Turkiyaga jo'natilgani aytilgan bo'lsa, Ukrainadan 87 kishilik guruh yo'lga chiqdi.

41 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhini yuborgan Qozog'iston, Turkiyaga yana qo’shimcha 100 kishilik ikkinchi guruh bilan 1 million dollarni shoshilinch ravishda jo'natishini bildirdi.

 

Xitoydan kelgan qidiruv-qutqaruv va sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash xodimlaridan iborat 82 kishidan iborat qutqaruv guruhi hamda mamlakatning Ramunion qidiruv-qutqaruv tashkilotining 8 kishilik guruhi va maxsus o‘qitilgan itlar yo‘lga chiqdi.

Eron 10, Yaponiya 18, Malayziya 75, Hindiston va Pokiston 50 tadan, Tayvandan 44 ta, Janubiy Koreya esa 110 ga yaqin xodim yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi zilziladan zarar ko'rgan shaharlarga 200 kishilik bir guruh yuborilganini ma'lum qildi.

Isroil ikkita samolyotda qutqaruv guruhi yuboradi. Ulardan biri 167 kishilik qutqaruvchilar guruhi Adanaga yetib keldi. Livan 72, Liviya esa, 55 nafar xodimini falokat zonasiga yubordi.

Ko'plab qidiruv-qutqaruv itlari ushbu mamlakatlardan kelgan yoki ketayotgan xodimlarga hamrohlik qiladi.

Bundan tashqari, Eron Turkiyadagi zilziladan jabr ko'rgan hududlarga yordam berish uchun bitta samolyotda chodir va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Italiya fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Musumeki, Turkiyaga ko’chma shifoxona va dengiz flotisiz bir kema yuborilishini bildirdi.

Venesuela shuningdek, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga Turkiya va Suriyaga 50 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi jo'natishini ma'lum qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari zilzilalardan zarar ko'rgan hududlarga 50 million dollar yordam berishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Kanada Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari uchun 10 million dollar mablag’ ajratishini ma'lum qildi.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanese, Turkiyadagi qidiruv-qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlash uchun ekspert guruhi yuborilishini ma'lum qildi.

Qirg'iziston tomonidan yuborilgan 67 nafar xodim ham falokat zonasi Kahramanmarashga yetib keldi.

Mo'g'uliston ham Turkiyaga gumanitar yordam mahsulotlari bilan birga 35 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi hamda tibbiyot xodimlarini yubordi.

Pokiston Turkiya va Suriyaga yordam yuklari ortilgan 2 ta samolyotni yuborganini ma’lum qildi.

Ummon shuningdek, Turkiya va Suriyaga havo yordami koridori tashkil etilgani, bu yerdan insonparvarlik yordami va tibbiy buyumlar yuborilgani haqida xabar berdi.

Ertaga Qatar Kubogida bo'lib o'tadigan yarim final chiptasi daromadi zilziladan jabrlanganlarga yordam qatorida Turkiya va Suriyaga yuboriladi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar