Turkiyada zilzila qurbonlari soni 9 mingdan oshdi

Jarohatlanganlar soni 52 ming 979 taga yetgan. Vayron bo‘lgan binolar soni 6 ming 444 tani tashkil etmoqda.

1944035
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 9 mingdan oshdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an dahshatli zilzilalar ro‘y bergan Kahramanmarashga borib, chodirlarda jon saqlayotgan odamlar bilan uchrashdi. 

Uning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni 9 ming 57 nafarni tashkil etmoqda. Jarohatlanganlar soni esa 52 ming 979 taga yetgan.  Vayron bo‘lgan binolar soni 6 ming 444 tani tashkil etmoqda.

Prezidentning ta'kidlashicha, davlat va xalqning barcha imkoniyatlarini safarbar etib, ofat hududiga yo‘naltirilgan. 

U zilzila sodir bo‘lgan hududga mamlakatning barcha 71 viloyatidan istisnosiz yordam kolonnalari yuborilayotganini aytdi. 

Erdo‘g‘an ba’zi fuqarolarni quchoqlab, “Alloh sabringizni ziyoda qilsin. Alloh rozi bo‘lsin. Kahramanmarash vayron bo‘lmaydi, shahar yashaydi”, dedi. 

Prezident barcha xohlovchilar vaqtincha mehmonxonalarga joylashtirilishini aytdi.

“Hammani mehmonxonalarga joylashtiramiz. Oziqlanish bo‘yicha sizga kerak bo‘lgan hamma narsa hal qilinadi. Eng avvalo, xohlovchilar Antaliya va Alaniyadagi mehmonxonalar tomonidan qabul qilinadi. Agar qarshi bo‘lmasangiz, tezroq u yerga jo‘natamiz”. 

Turkiya rahbari vayron bo‘lgan barcha binolar aholisi yangi kvartiralarga ega bo‘lishiga ishontirdi.  

“Biz bu falokatni yengamiz. Bir tomondan vayronalar demontaj qilinsa, ikkinchi tomondan yangi binolar qurilishi boshlanadi. Bu biroz vaqt oladi, lekin hamma narsa imkon qadar tezroq amalga oshiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar