Turkiyada zilzila qurbonlari soni 4 544 nafarga yetdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an zilzilalardan jabrlangan 10 ta viloyatda uch oy muddatga favqulodda holat e’lon qildi.

1943383
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 4 544 nafarga yetdi

 

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila qurbonlari soni 4 544 kishiga yetdi. Yaradorlar soni esa, 26 721 kishini tashkil qilmoqda.

Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.

Shuningdek, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 5 775 ta bino vayron bo‘lgani aniqlangan.

Zilziladan jabrlangan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan zilzila zonalariga jo'natilgan 10 ming kishilik chodirlar o'rnatila boshladi.

Viloyatga safarbar etilgan qidiruv-qutqaruv xodimlari soni 25 ming 693 nafar, avtomashinalar soni 360 nafar, qurilish texnikasi soni esa 3 ming 361 nafar ekani maʼlum qilindi.

Eslatma: 6 fevral kuni 7,7 balli birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da ro‘y berdi, uning o‘chog‘i Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahridan 17,9 km masofada joylashgan. Uning ortidan 40 dan ortiq aftershoklar kuzatildi.

Keyin mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:30 da 7,6 balli ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash viloyatining Elbistan shahri hududida joylashgan.

Bu falokat Turkiya tarixidagi 1939 yildan beri eng kuchlisi bo‘ldi. O‘shanda 7,8 magnitudali zilzila natijasida 33 mingdan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an zilzilalardan jabrlangan 10 ta viloyatda uch oy muddatga favqulodda holat e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar