Turkiyada 3 oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi

“Biz nafaqat Respublikamiz tarixidagi, balki mintaqamiz va jahondagi eng katta ofatlardan biriga duch kelmoqdamiz”,-deydi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

1943254
Turkiyada 3 oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 6-fevral kuni mamlakat janubi-sharqida sodir bo'lgan kuchli zilzila tufayli 10 viloyatda favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Bu haqda “Resmi Gazete"da eʼlon qilindi.

Farmonga koʻra, Turkiyaning Adana, Adiyaman, Diyarbakir, Gaziantep, Xatay, Qahramanmarash, Kilis, Malatya, Osmaniye va Shanliurfa viloyatlarida 8-fevral soat 01:00 dan boshlab, uch oy muddatga favqulodda holat eʼlon qilindi.

“Biz nafaqat Respublikamiz tarixidagi, balki mintaqamiz va jahondagi eng katta ofatlardan birini boshimizdan kechirmoqdamiz”,-deydi Erdo’g'an.

"Daxshatli zilzilada 3549 kishi halok bo‘ldi, 22 168 kishi jarohat oldi. Eng katta tasallimiz shuki, hozirgacha 8 mingdan ortiq fuqarolarimiz vayronalar ostidan qutqarib olindi",-deb qo’shimcha qiladi Turkiya yetakchisi.

Erdo’g'an, "Konstitutsiyaning 119-moddasi bizga bergan vakolatdan kelib chiqib, favqulodda holat e'lon qilishga qaror qildik. Zilzila sodir bo'lgan 10 viloyatni umumiy hayotga ta'sir ko'rsatadigan ofat hududi deb e'lon qilamiz",-dedi.

Jabrlangan hududga hozirgacha 54 ming chodir, 102 ming yotoq va boshqa zarur ehtiyojlar yuborilganini ifoda etgan Prezident Erdo’g’an, "Hozirda 53 ming 317 nafar qidiruv-qutqaruv xodimlarimiz va yordamchi xodimlarimiz halokat zonasida ishlamoqda. Turkiya va xorijdan kelgan guruhlar bilan bu raqam soat sayin ortib bormoqda",- dedi.

"Jandarmeriyamiz 26ta yuk samolyoti va Sohil xavfsizlik qo'mondonligimiz kema va qayiqlari bilan minglab mutaxassis xodimlari bilan ofat hududida ish olib bormoqda. Mintaqaga 1000 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi, 241 UMKE (Milliy tibbiy qutqaruv guruhi) brigadalari va 2ta ta tez yordam samolyotida 5 ming nafar tibbiy xodim yuborildi”, daydi Turkiya prezidenti.

Hozirgacha 70ta davlat va 14ta xalqaro tashkilotdan yordam taklifi olganini ifoda etgan davlat rahbari, "Bizga telefon orqali qoʻngʻiroq qilgan 18 ta davlat va hukumat rahbarlari bilan gaplashdik. Mamlakatimizning ushbu og‘ir kunida o‘z qo‘llab-quvvatlashi va yordam taklifini bildirish uchun qo‘ng‘iroq qilgan, xabar yo‘llab, bayonot bergan barcha do‘stlarimizga, barcha davlat va hukumat rahbarlariga minnatdorlik bildiraman",- dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an , #zilzila

Aloqador xabarlar