Turkiya Chiliga hamdardlik bildirdi
Chilining markaziy va janubiy qismlarida avj olgan oʻrmon yongʻinlarida 22 kishi halok boʻlar ekan, koʻpchilik tan jarohati olgandi.
1942055

Turkiya, oʻrmon yongʻinlarida hayotdan koʻz yumganlar uchun Chiliga hamdardlik bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Chilidagi oʻrmon yongʻinlarida koʻplab insonlarning hayotdan koʻz yumgani va tan jarohati olgani haqidagi voqeadan chuqur qaygʻuda ekani bildirildi.
Chili xalqi va hukumatiga hamdardlik maktubi yetkazilgan bayonotda, yong‘inlarda hayotdan ko‘z yumganlarning oilalariga hamdardlik bildirilib, tan jarohati olganlarga shifo tilaklari qayd etilgan.
Chilining markaziy va janubiy qismlarida avj olgan oʻrmon yongʻinlarida 22 kishi halok boʻlar ekan, koʻpchilik tan jarohati olgandi.