TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

Iroq shimolidagi Panja - kalit amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, qurollari bilan birga yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, turk askarlarining murakkab havo va mintaqa sharoitlariga qaramay Panja - kalit amaliyoti olib borilgan hududda terrorga qarshi kurashni davom ettirayotgani bildirildi.
Bayonotda, mintaqada oxirgi marotaba PKK terror tashkilotiga a’zo yana ikki terroristning yo‘q qilingani qayd etildi.
Ayni hududda oxirgi 2 kunda yo‘q qilingan terroristlar sonining 7 nafarga yetganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Qor, bo‘ronga qaramay terroristlarni inlariga kiritishni davom etgan qahramon turk askarlarimizga salom yo‘llaymiz”.-deyildi.
Aloqador xabarlar

Turkiya BAAga yer silkinishlaridan keyingi birdamligi uchun minnatdorchilik bildirdi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Shayx Muhammad bin Zoid telefon orqali muloqot qildi.