Chavusho‘g‘lu: Terror tashkilotlari Shvetsiyaning NATO yo‘liga mina joylashtirmoqda

Chavusho‘g‘lu Adolat va taraqqiyot partiyasining Alaniyadagi kengaytirilgan tuman maslahat kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

1942088
Chavusho‘g‘lu: Terror tashkilotlari Shvetsiyaning NATO yo‘liga mina joylashtirmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, terror tashkilotlari, xususan Shvetsiyaning NATO a’zoligi yo‘liga minalar joylashtirganini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu Adolat va taraqqiyot partiyasining Alaniyadagi kengaytirilgan tuman maslahat kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Turkiyaning 40 yildan beri terrorga qarshi kurash olib borayotgani va bu borada kutgan yordamni ololmaganini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, Shvetsiyani nazarda tutgan holda, terror tashkiloti a’zolarining nazarda tutilgan davlatda bemalol ekanini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu, Shvetsiyaning PKK terror tashkiloti va Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishiga bo‘lgan munosabatini tanqid qilib, mavzu haqida:

«Har kuni terror tashkiloti to‘daboshi fotosuratlari bilan terror tashkiloti a’zolari sening koʻchalaringda bemalol yuripdi. Boshqa tomondan, soʻz erkinligi degan nom ostida Qurʼon-i Karimning yoqib yuborilishiga ruxsat beryapsiz. Kamiga, Turkiyaga qarshi har qanday yomonlikka yo‘l qo‘yib berib, ortidan NATO tarkibiga kirmoqchi ekaning haqida gapiryapsan. Buning iloji bormi do‘stim?» - deya gapirdi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstromning, Turkiya – Shvetsiya - Finlandiya o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumida, “din masalasi yo‘q” degan bayonotiga to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu:

«Xo‘sh, u yerda “mantiqli, axloqli bo‘lasan!” - deb yozilganmi uka? Insonlarning muqaddas qadriyatlarini hurmat qilaman deb yozib qo‘yilganmi? Bularni yozishning hojati bormi? Eng avvalo, bular eng asosiy insoniy vazifadir!» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu so‘zlari yakunida, «Bu terror tashkilotlari, bu radikallar, bu mamlakatning, ayniqsa Shvetsiyaning NATO a‘zoligi yo‘liga minalar joylashtirmoqda. Finlandiyani alohida qo‘lga olyapmiz lekin Shvetsiya bu minalarga ataylab bosmoqda. Xohlasalar tozalay oladilar /…/ Hech kim xafa bo‘lmasin, vadasida turmaganlarni mukofatlay olmaymiz. Memorandum talablarini bajarganlar bilan o‘tirib, gaplashamiz. Turkiya sifatida Prezidentimiz (Rejep Tayyip Erdo‘gʻan) yetakchiligida va’da berganimizda, va’damiz ustidan chiqamiz. Har doim bergan va’damizga vafo qilamiz». – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar