Turkiyada terror tahdidi bor degan fikrni yaratish do’stlikka to’g’ri kelmaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ayrim davlatalarning Turkiyadagi vakolatxonalarini sababini oshkor qilmasdan, vaqtinchalik yopib qo’yishi “qora niyatli” ekanligini aytdi.

1941603
Turkiyada terror tahdidi bor degan fikrni yaratish do’stlikka to’g’ri kelmaydi

 

“Turkiyada terror tahdidi bor degan fikrni yaratish do’stlikka to’g’ri kelmaydi”, deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

U bu haqda Istanbulda Argentina tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Santiago Kafiero bilan o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida tilga oldi.

Chavusho’g’lining ta’kidlashicha, ayrim davlatalarning Turkiyadagi vakolatxonalarini sababini oshkor qilmasdan, vaqtinchalik yopib qo’yishi “qora niyatli” ekanligini aytdi.

Ayrim davlatlarning Istanbuldagi bosh konsulliklarining yopilishini tanqid qilgan Chavusho'g'li, "Ichki ishlar vazirligidan so'raymiz, aniq ma'lumot almashish yo'q. Biz bu holat qasddan qilingan deb o'ylaymiz. Kecha elchilarga qo'ng'iroq qilib shunday dedik. Ular bosh konsulliklarini yopish bo’yicha rejasini biz bilan baham ko'rmaslikka kelishib olgan. Bu yerda Turkiya notinch, Turkiyada terror tahdidi mavjud degan tushunchani tarqatmoqchi bo’lsalar, bu do'stlik va ittifoqqa to'g'ri kelmaydi", dedi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chovusho'g'li , #Turkiya

Aloqador xabarlar