Turkiya suv toshqinidan jabrlangan Serbiyaga insonparvarlik yordami yubordi
Novi Pazar shahar hokimi o'rinbosari Nihad Xasanovich tabiiy ofatdan jabrlangan shaharga ko'rsatgan yordami uchun qardosh Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.
1941576

Turkiya o'tgan oy suv toshqinidan jabrlangan Serbiyaning Novi Pazar shahriga insonparvarlik yordami yubordi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi AFAD tomonidan Novi Pazar shahriga yuborilgan gumanitar yordamning yetkazib berilishi Turkiyaning Belgraddagi elchisi Hami Aksoy tomonidan amalga oshirildi.
Aksoy Serbiyaning Sanjak hududi va xalqi har doim Turkiyaning yordamiga tayanishi mumkinligini aytdi.
Novi Pazar shahar hokimi o'rinbosari Nihad Xasanovich ham tabiiy ofatdan jabrlangan shaharga ko'rsatgan yordami uchun qardosh Turkiyaga minnatdorlik bildirib, mintaqada sodir bo'lgan barcha ofatlarda Turkiya birinchi bo'lib yordam berganligini eslatdi.