Vengriya Turkiyaning Ukraina mojorasidagi vositachiligini qo‘llab-quvvatlaydi

Bu haqda kecha, 31 yanvar kuni Budapeshtda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashgan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma'lum qildi.

1940443
Vengriya Turkiyaning Ukraina mojorasidagi vositachiligini qo‘llab-quvvatlaydi

 

Vengriya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi va Turkiyaning bu maqsad yo‘lidagi vositachilik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda kecha, 31 yanvar kuni Budapeshtda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashgan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining muloqotida asosiy masalalardan biri Ukrainadagi vaziyat bo‘ldi. Unda Vengriya diplomatiyasi rahbari Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

“Tinchlik kerak. Tinchlik uchun muzokaralar kerak, muzokaralar uchun vositachilar kerak va hozircha faqat Turkiyagina urushayotgan tomonlar o‘rtasida muvaffaqiyatli vositachilik qila oldi”, deb yozgan Peter Siyarto Facebook'dagi sahifasida. 

Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qabulida bo'ldi.

Vengriya hukumati rahbari matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ular xalqaro hamjamiyat Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan bartaraf etish uchun sa’y-harakat qilishi kerak, degan fikrga kelishgan.



Aloqador xabarlar